Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

“Issiqlikta’minoti” AJ tashkil etiladi
Yangilik 01.06.2025

“Issiqlikta’minoti” AJ tashkil etiladi

“Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-100-son, 11.03.20225 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5 yildagi asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

sohada yagona davlat siyosatini yuritish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish, issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tashkil etish;
markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan to‘rt va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish va boshqa muqobil texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir xonadonning gazga bo‘lgan talabini kamida 20 foizga kamaytirish.
Quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi, jumladan:

markazlashgan issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmog‘i yangilanadi;
davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalari amalga oshiriladi;
markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 37 foizdan 58 foizgacha yetkaziladi, tizimdagi yo‘qotishlar 38 foizdan 20 foizgacha qisqartiriladi.
Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida “Issiqlikta’minoti” AJ tashkil etiladi hamda vazirlikka issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritishni yuklanadi.

2025-yil 1-iyundan:

moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar qurilishda texnik shartlar olinishi talab qilinadigan bino-inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni loyihalashtirishda ushbu obyektlarning loyiha hujjatlarida binolarning o‘z ehtiyojlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovchi uskunalarni majburiy o‘rnatish talabi kiritiladi;
ko‘p kvartirali uy-joylar va binolarning ichki issiqlik va issiq suv tarqatuvchi tizimlarining qurilishi, inshootlar va tarmoqlarda hisoblagichlarning to‘liq o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi;
markazlashgan issiqlik ta’minoti mavjud hududlarda yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ma’muriy binolar, ijtimoiy soha muassasalari, sanoat va tadbirkorlik subyektlari bino va inshootlarining issiqlik tarmoqlariga ulanishi majburiy hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
Shu kunlarda yurtimizda “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” keng nishonlanayapti

17.04.2026

Shu kunlarda yurtimizda “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” keng nishonlanayapti

Batafsil
Matbuot anjumani ma’lumotlari

15.04.2026

Matbuot anjumani ma’lumotlari

Batafsil
2025-yilda 13,8 mln m³ tabiiy gaz va 15,2 mln kVt elektr energiyasi tejaldi

15.04.2026

2025-yilda 13,8 mln m³ tabiiy gaz va 15,2 mln kVt elektr energiyasi tejaldi

Batafsil