Buxoro viloyatida issiqlik ta’minoti sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2027 yilgi rejalar
Bosh vazir o‘rinbosari, Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal xo‘jalik, qurilish va transport masalalari kompleksi rahbari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi mutasaddilar, vazirlik va idoralar rahbarlari Buxoro viloyatida ommaviy axborot vositalariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida ma’lumot berdi.
Xususan, issiqlik ta’minoti yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va 2027-yilga mo‘ljallangan loyihalar haqida ham axborot taqdim etildi.
2026-yil davomida Buxoro viloyatini issiqlik ta’minotini yaxshilash, aholiga sifatli va uzluksiz issiqlik ta’minoti yetkazib berish maqsadida 8,5 km issiqlik tarmoqlari, 14 ta yordamchi uskunalar va 2 ta qozonlarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumida 36 369 ta xonadonli 842 ta ko‘p kvartirali uylar va 130 ta ijtimoiy soha obyektlari sifatli issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanadi. Yil yakuniga qadar issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan 105 ming.Gkal issiqlik energiyasi iste’molchilarga yetkazib beriladi.
Shuningdek, 2027-yil davomida Buxoro shahridagi RK-markaz qozonxonasida trigeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoni Qirolligining “Saudi Tabreed” kompaniyasi bilan 9,07 mln. AQSH dollari qiymatidagi, 30 Gkal issiqlik energiyasi, 10,2 MVt elektr energiyasi, 5,2 MVt sovitish tizimi ishlab chiqarish quvvatiga ega stansiyani barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 1,3 mln.metr kub tabiiy gaz, 0,3 mln. kVt/s elektr energiyasi iqtisod qilinib, atmosfera qatlamiga 3 ming. tonnaga CO2 moddasining tashlanishi oldi olinadi. Shuningdek markaz tomonidan 5 ta yirik majmualar isitish va sovitish tizimiga ulanishi ko‘zda tutilgan.
2027 yilda Buxoro shahri Gulchorbog‘ mahallasi hududida yangi ma’muriy markaziga markazlash issiqlik tizimini qurish, "Turki Jandi" MFY hududida ko‘p kvartirali uylarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida "RK-1" va "RK-2" qozonxonalar tarmog‘iga ulash, “Bukhara city” majmuasining issiqlik ta’minoti tarmoqlarini qurish, ishlari amalga oshiriladi.
Natijada, Yangi O‘zbekiston massivlaridagi 111 ta, Buxoro city hududidagi 60 ta, Bashkent massividagi 40 ta, jami 211 ta ko‘p kvartirali uylar markaziy issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanadi.
Shu bilan birga, hukumatning tegishli qaroriga asosan 3,3 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobidan mavjud issiqlik ta’minoti obyektlarining texnik holati yaxshilanib, 2027-yil davomida 390 ming.Gkal issiqlik energiyasi iste’molchilarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.