Buxoro shahrida “Issiqlikta’minoti” AJ va tizim korxonalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Boshqaruv raisi kubogi uchun” mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Ushbu turnir issiqlik ta’minoti tizimida 1996-yildan 2024-yilgacha samarali mehnat qilgan, o‘z faoliyatini oddiy payvandchilikdan boshlab, korxona rahbarligi darajasigacha ko‘tarilgan fidoyi inson — Bahodir Rahimov xotirasiga bag‘ishlandi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — soha xodimlari o‘rtasida jamoaviy hamjihatlik va sport ruhini mustahkamlash, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda ustozlar xotirasini e’zozlashdan iboratdir.
Murosasiz va keskin kechgan jamoalar bahsi yakunida turnir g‘olib va sovrindorlari aniqlandi:
🥇 1-o‘rin: Navoiy viloyati “Issiqlikta’minoti” MCHJ jamoasi;
🥈 2-o‘rin: Angren shahar “Issiqlikta’minoti” MCHJ jamoasi;
🥉 3-o‘rin: Buxoro viloyati “Issiqlikta’minoti” MCHJ jamoasi.
Turnirda 12 ta jamoa, 150 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi.