Tezkor bo'limlar

Asosiy sahifalarga qulay o'tish oynasi

Rahbariyat

Jamiyat rahbariyati va qabul ma'lumotlari.

Yangiliklar

So'nggi xabarlar, tadbirlar va matbuot materiallari.

Ochiq ma'lumotlar

Jamoatchilik uchun e'lon qilingan hujjatlar va fayllar.

Interaktiv xarita

Hududlar va qozonxonalar bo'yicha tezkor ko'rinish.

Navoiyda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
Yangilik 24.06.2026

Navoiyda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Ayni kunlarda Navoiy shahrida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida issiqlik ta’minoti tizimlarida keng ko‘lamli ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida mas’ul rahbarlar tomonidan muntazam nazorat o‘rnatilgan.

Jumladan, “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov Navoiy shahrida olib borilayotgan mavsumoldi tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida issiqlik tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, uskunalarning texnik holati hamda tizimning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, obyektlarda bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va mavjud muammolar yuzasidan mutasaddilar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini oshirish hamda kuz-qish mavsumiga qadar barcha rejalashtirilgan tadbirlarni to‘liq yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar

Barchasini ko‘rish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

25.09.2026

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

Batafsil
Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

24.09.2026

Namanganda sayyor qabul bo'lib o'tdi

Batafsil
Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

22.09.2026

Jahon banki vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Batafsil