15.07.2025
Issiqlik taʼminoti tizimini 2025/2026 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash
Issiqlik taʼminoti tizimini 2025/2026 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida 53 ta qozon va 93,3 km issiqlik tarmog‘ini mukammal, 598 ta qozon va 519,1 km tarmoqni joriy taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.
Bugungi kungacha 14 ta (26 %) qozon va 48 km (52 %) issiqlik tarmog‘ini mukammal hamda 350 ta (59 %) qozon va 283 km (55 %) issiqlik tarmoqlarini joriy taʼmirlash ishlari bajarildi.
Natijada, 55 mingdan ortiq xonadondan iborat 1 084 ta ko‘p qavatli uy va 125 ta ijtimoiy soha obyektida issiqlik energiyasi taʼminoti yaxshilanadi.