Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

17.02.2026

Korrupsiyaga aralashayapsizmi? Oilangizni ko‘z oldingizga keltiring!

Korrupsiyaga aralashayapsizmi? Oilangizni ko‘z oldingizga keltiring!

Korrupsiya ma’naviy nuqtai nazardan jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi og‘ir illat, huquqiy jihatdan esa jinoyat. Profilaktika, tushuntirish esa uning oldini olishga xizmat qiladi.

Ayni shu maqsadda Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJda “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbiri tashkil etildi.

Unda “Issiqlik ta’minoti” AJ raisining Rejim va maxsus masalalar bo‘yicha maslahatchisi Gʻ.Nazarov, viloyat "Issiqlik ta’minoti" MCHJ direktori A.Bo‘riyev, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari hamda Jamiyat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda 2025 yil davomida, tizimda korrupsiyaviy holatlar, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va davlat mulkiga ziyon yetkazish bo‘yicha aniqlangan holatlar aniq misollar bilan tahlil qilindi. Bunday qonunbuzilishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ishtirokchilarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash muhim ekani alohida ta’kidlandi.