Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

12.02.2026

"ISSIQLIK TA’MINOTI" MCHJ FAOLIYATIDA MUHIM BOSQICH

"ISSIQLIK TA’MINOTI" MCHJ FAOLIYATIDA MUHIM BOSQICH

Navoiy viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ jamoasi o‘z faoliyatida yana bir muhim sahifani ochdi — jamiyatning yangi, zamonaviy ma’muriy binosida ish jarayonlari rasman yo‘lga qo‘yildi. Mazkur maskan sohada olib borilayotgan tizimli islohotlar, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yuksaltirish yo‘lidagi amaliy qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

Zamonaviy infratuzilma asosida barpo etilgan yangi bino xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish bilan birga, murojaatlar bilan ishlash, dispetcherlik nazorati va texnik jarayonlarni muvofiqlashtirishda tezkorlikni ta’minlaydi. Bu esa issiqlik ta’minoti tizimining barqaror ishlashiga xizmat qilib, hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni qisqa muddatda hal etish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda iste’molchilar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Yangi ma’muriy bino aynan shu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Shubhasiz, yangi maskan jamoaning mas’uliyatini yanada oshirib, viloyat aholisiga issiqlik energiyasini barqaror, sifatli va uzluksiz yetkazib berish yo‘lidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqadi.