11.02.2026
Bugun “Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyati Osiyo taraqqiyot banki (ADB) maslahat missiyasi hamda “Synergy Consulting” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
Unda Buxoro shahrida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investisiya loyihasi muhokama qilindi.
Ushbu DXSH loyihasi Osiyo taraqqiyot banki (ADB) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — tizim samaradorligini oshirish, barqaror moliyaviy modelni shakllantirish va uzoq muddatli xususiy investisiyalarni jalb qilishdan iborat.
Muhokamalar davomida loyihani amalga oshirish bo‘yicha bir qator ssenariylar ko‘rib chiqildi. Har bir ssenariy doirasida kapital xarajatlar (CAPEX), operasion xarajatlar (OPEX), moliyalashtirish manbalari, tarif parametrlari hamda risklarni taqsimlash masalalari atroflicha tahlil qilindi.
Taqdim etilgan tahlillar asosida eng maqbul moliyaviy va institusional model tanlanishi rejalashtirilgan.