30.01.2026
Samarqand shahrida vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqlik ta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev hamda hududiy mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o'tdi
Uchrashuv davomida fuqarolarning qurilish va kommunal sohalarga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Aholi bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan mazkur tadbir tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan.
Qabulda 70 nafarga yaqin samarqandliklar qatnashib, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish, issiqlik ta’minoti, infratuzilma va qurilish bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.