28.01.2026
Biomassa asosidagi Issiqlik va elektr energiyasini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan o‘rganishlar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar taqdim etildi
“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Koreya issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC), “Hyundai” og‘ir sanoat korxonalarining elektr energetika tizimlari kompaniyasi” (HPS) hamda “Koreya iqlim o‘zgarishi instituti” (KICC) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Koreyalik mutaxassislar so‘nggi bir hafta davomida respublikamizning bir qator hududlarida bo‘lib, biomassa asosida issiqlik va elektr energiya ishlab chiqaruvchi qozonxonalarni qurish, biomassa zaxiralari va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.
Uchrashuvda ushbu o‘rganishlar natijalarining dastlabki ma’lumotlari taqdim etildi. Biomassa asosida issiqlik energiyasi ishlab chiqarishni aynan qaysi hududlarda tashkil etish, shuningdek, shartnoma shartlarini aniq belgilab olish bo‘yicha takliflarni 2026 yil fevral oyining birinchi o‘n kunligida “Issiqlikta’minoti” AJga taqdim etish bo‘yicha kelishib olindi.