Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

13.01.2026

Biomassa asosida markazlashgan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin

Biomassa asosida markazlashgan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin

Bugungi kunda Koreya Respublikasi issiqlik ta’minoti kompaniyalari bilan turli loyihalar doirasida hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Xususan, Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) hamda KOTRA bilan faol hamkorlik qilinmoqda. Bugun ushbu kompaniyalar vakillari “Issiqlikta’minoti” AJ mutasaddilari bilan uchrashib, galdagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Uchrashuvda asosiy e’tibor biomassa asosida markazlashgan issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, mavjud biomassa resurslari, jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qoldiqlaridan foydalangan holda markazlashgan issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yishning amaliy usullariga qaratildi.

Shuningdek, markazlashgan issiqlik ta’minoti mavjud bo‘lmagan hududlar uchun isitish yechimlari, jumladan quyosh energiyasi, issiqlik nasoslari va tegishli texnologiyalardan foydalangan holda isitishni ta’minlash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC) hamda KOTRA vakillari viloyatlarga tashrif buyurib, mavjud imkoniyat va resurslar bilan tanishadilar.