09.01.2026
“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Alijon Hikmatov “Veolia Energy Tashkent” XK MCHJ mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 11 martdagi PQ-100-son qarorida issiqlik ta’minoti yopiq tizimga o‘tgan hududlarda iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni hisoblagichlar orqali yetkazilgan issiqlik energiyasiga nisbatan yuritish metodikasini joriy qilish vazifasi belgilangan.
Uchrashuvda, hozirda ishlab chiqilayotgan metodikani takomillashtirish, mavjud vaziyatdan kelib chiqib baholash, tomonlarning huquq va majburiyatlarini inobatga olish bo‘yicha fikr almashildi.
Yaqin bir hafta ichida beriladigan takliflar umumlashtirilib, muhokamalardan o‘tganidan so‘ng, hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan bo‘ldi.