24.12.2025
“Kommunal xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning borishi: erishilgan natijalar va kelgusidagi dolzarb vazifalar” mavzusida respublika seminari-matbuot anjumani o‘tkazildi
Unda “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ham taqdimot bilan ishtirok etdi.
Ma’lumot berilganidek, bugungi kunda respublikada jami 1 mln 539 mingdan ortiq xonadonga teng 44 318 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, shundan, 731 mingdan ziyod xonadon yoki 16 063 ta ko‘p qavatli uy (37%) hamda 2 543 ta ijtimoiy soha ob’yekti markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlangan. (faqat qozonxonalardan berilayotgan issiqlik inobatga olingan)
Hududlarda faoliyat yuritayotgan issiqlik ta’minoti korxonalarida jami 551 ta qozonxona va 4 070 km issiqlik tarmog‘i mavjud bo‘lib, ulardan hozirda 525 ta qozonxona va 3 642 km issiqlik tarmoqg‘i faoliyat ko‘rsatmoqda.