04.12.2025
“Issiqlikta’minoti” AJ tizimidagi qozonxonalarga aqlli hisoblagichlar o‘rnatila boshlandi
Xususan, Olmaliq shahar “Issiqlikta’minoti” MCHJga qarashli 7/1 qozonxonasiga sinov tariqasida Janubiy Koreyaning “HSCMT” – ya’ni, aqlli o‘lchash uskunalari ishlab chiqaradigan yetakchi kompaniyasi mahsulotlari o‘rnatildi. Olmaliqdagi qozonxonalarga 5 ta mana shunday zamonaviy hisoblagich olib kelindi.
Ushbu uskunalar qozonxonadan chiqayotgan issiqlik energiyasi ko‘rsatkichlaridan tortib, gaz, suv, elektr energiyasi sarf-xarajatlarining ham mutanosibligini markziy dispetcherlik xizmatiga uzatib turadi.
Sinov jarayonlari ko‘zlangan natijani beradigan bo‘lsa, keyinchalik “Issiqlikta’minoti” AJ tarkibidagi barcha qozonxonalarga va bosqichma-bosqich aholi xonadonlariga ham aqlli hisoblagichlar o‘rnatiladi.
Pilot loyiha boshlanishida “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov hamda “HSCMT” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.