03.12.2025
"Issiqlikta’minoti" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari Alijon Hikmatov hamda Alisher Yuldashevlar Toshkent shahrining Sergeli tumani “Farog‘otli” MFY hududida yangidan qurib foydalanishga topshirilgan lokal qozonxona ish faoliyati bilan tanishdi.
“Veolia Energy Tashkent” MCHJga qarashli ushbu qozonxona 18 MVt quvvatga ega bo‘lib, 29 ta ko‘p qavatli uy, 2 ta ijtimoiy soha ob’yektiga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, qozonxona yopiq tizimda faoliyat yuritadi.
Rais o‘rinbosarlari IIP hamda o‘rnatilgan gaz, suv, issiqlik energiyasi hisoblagichlarining ishlashi bilan tanishib mutaxassislar bilan o‘zaro ma’lumot almashdi.