10.07.2025
Investitsiya loyihalari qanday bajarilmoqda?
Buxoro shahridagi “Sharq-2” qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda qurilish ishlari jadal ketmoqda. Joriy yilgi mavsumda loyiha ishga tushishi belgilangan. Buning natijasida 37 ta ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi 1 382 ta xonadonga issiq suv va issiqlik energiyasi beriladi.
Bunda, gaz sarfi ko‘p bo‘lgan eski qozonlar o‘rniga 4 ta energotejamkor, jami 20 MVt quvvatga teng qozonlar o‘rnatiladi. Elektr energiya sarf-xarajatlari qisqaradi, 5,5 km eski quvurlar o‘rniga yangi energotejamkor penopoliuretan qoplamali quvurlar yotqizilmoqda.