Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

25.11.2025

Bugun Seulda Markazlashgan issiqlik energiyasi xalqaro simpoziumi tashkil qilindi. Uning ishida “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev ham ishtirok etdi.

Bugun Seulda Markazlashgan issiqlik energiyasi xalqaro simpoziumi tashkil qilindi. Uning ishida “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev ham ishtirok etdi.

Koreya markazlashgan issiqlik korporatsiyasi (KDHC) tashkil topganining 40 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda Parlament va Hukumat a’zolari, Koreyadagi diplomatik korpus hamda mahalliy, xalqaro mutaxassislardan iborat 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Ma’ruzachilar tomonidan Global iqlim o‘zgarishi va energiya tizimlarining transformatsiyasi, AI texnologiyalarini sohaga joriy qilish orqali atmosferaga karbon gazlar chiqishining oldini olish mavzulari keng muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi issiqlik tizimlarini zamonaviy texnologiyalar yordamida isloh qilish masalalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Qolaversa, Germaniya, Gollandiya kabi Yevropa davlatlari, Janubiy Koreya va Xitoy kabi Osiyoning rivojlangan mamlakatlari issiqlik tizimlari faoliyatida qo‘llanilayotgan eng so‘nggi yechimlar bilan tanishish imkoni yaratildi.