17.11.2025
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan bugun voleybol bo‘yicha Toshkent shahar bosqichining saralash o‘yinlari o‘tkazildi.
Musobaqada vazirlik markaziy apparati, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi hamda tizim tashkilotlari vakillaridan iborat 10 ta jamoa belgilangan vaqtda maydonga tushib, o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuvlar jarayonida ishtirokchilar yuqori jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy harakat va sport madaniyatini namoyon etishdi.
Sport bo’yicha bu kabi musobaqalar xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasbiy hamjihatlikni mustahkamlash va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Doimiy jismoniy mashg‘ulotlar esa ish samaradorligini yaxshilash, stressni kamaytirish va umumiy salomatlikni mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.
Shu tariqa, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining “Rahbar kubogi — 2025” sport musobaqasining final bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar aniqlandi.