11.11.2025
“Davlat-xususiy sheriklik” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda
Bugun "Issiqlikta’minoti" AJ hamda Osiyo Taraqqiyot Bankining Bozorlarni rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik boshqarmasi (OMDP) hamkorligida “Davlat-xususiy sheriklik (DXSH)” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda.
Mazkur seminarning maqsadi — suv ta’minoti, oqova va issiqlik infratuzilmasi sohalarida DXSH mexanizmlarini chuqurroq tushuntirish, xalqaro tajriba asosida loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha ishtirokchilar malakasini oshirishdir.
Dastur davomida real loyihalar misolida DXSHning infratuzilmani rivojlantirishdagi o‘rni, loyihani amalga oshirish jarayoni va boshqaruv tamoyillari muhokama qilinmoqda.
Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “Issiqlikta’minoti” AJ hamda “O‘zsuvta’minot” AJ vakillari, shuningdek boshqa tegishli idoralar mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Ushbu seminarda berilayotgan ma’lumotlar "Issiqlikta’minoti" AJ tomonidan amalga oshirilayotgan DXSH loyihalarining samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.