Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

09.07.2025

Siz qayerdan olayapsiz? Xorijdanmi?

Siz qayerdan olayapsiz? Xorijdanmi?

Haligacha xorijdan olayotgan bo‘lsangiz... Shu vaqtgacha mamlakatimizga penopoliuretan (PPU) quvurlar boshqa davlatlardan katta mablag‘, aniqrog‘i valyuta hisobiga olib kelinar edi. Bugungi kunda mahalliylashtirish dasturining amalga oshishi natijasida O‘zbekistonda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning mart oyida O‘rta Chirchiq tumanida ish boshlagan “Simpetech” korxonasi har oyda 9-10 mlrd so‘mlik 30 kilometrga teng izolyatsiyalangan temir quvurlar ishlab chiqarmoqda.

Xorijdan keltirilgan uskunalarda 50 nafar hamyurtimiz ish olib borayapti. Mahsulotning mahalliylashtirish darajasi 75% ni tashkil qiladi.

Korxona rahbarining so‘zlariga ko‘ra, chet eldan valyuta hisobiga olib kelinayotgan quvurlardan aslo qolishmaydi. Ustun tomoni, xaridorning talabiga ko‘ra turli o‘lcham va talabdagi quvurlarni tez va sifatli ishlab chiqarish, yetkazib berish imkoni mavjud.

Aytish kerakki, hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida markazlashgan issiqlik taʼminotini qurish, modernizatsiya qilish, tiklash bo‘yicha juda katta loyihalar amalga oshayapti. Shu kabi mahsulotlarning o‘zimizda ishlab chiqarilishi obyektning tan narxiga sezilarli ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.