29.09.2025
Kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirilmoqda.
Issiqlik ta’minoti ob’yektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturi doirasida Nurobod tumanidagi "Nurobod" qozonxonasining 710 metr issiqlik tarmog‘ini yangilash va quvvati 10 MVt bo‘lgan 1 ta zamonaviy qozon o‘rnatish maqsadida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 4,2 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda qurilish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, ob’yektdagi eski qozon demontaj qilinib yangi qozon o‘rnatish uchun betonlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 350 metr issiqlik tarmog‘i yangisiga almashtirildi.
Ma’lumot uchun: Samarqand viloyati Nurobod tumani "Nurobod" qozonxonasida mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng 2075 ta xonadonlardan iborat 110 ta ko‘p qavatli uy va 33 ta ijtimoiy soha ob’yektining issiqlik ta’minoti yaxshilanadi.
Shu kunlarda joylarda mahalliy hokimliklar va “Issiqlikta’minoti” AJ mutaxassislari kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirmoqda.