Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

26.09.2025

Issiqlik tizimi to‘liq raqamlashadi

Issiqlik tizimi to‘liq raqamlashadi

“Issiqlikta’minoti” AJ va Koreya Respublikasining HSCMT kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra HSCMT O‘zbekistondagi issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish, zamonaviy boshqaruv va monitoring tizimlarini hamda aqlli ultratovush hisoblagichlarni issiqlik ob’yektlarida keng joriy etish bo‘yicha texnik hamkorlik qiladi. Shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Hozirgi kunda HSCMT tomonidan Olmaliq shahrida pilot loyiha sifatida, umumiy hisobda 10 ta ultratovush issiq suv hisoblagichini beg‘araz asosda o‘rnatish ishlari olib borilyapti. Loyiha sinovi yaxshi chiqsa, aqlli hisoblagichlar hududlarga ham o‘rnatiladi.

“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari hamda HSCMT kompaniyasi vakili bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mazkur anglashuv memorandumini hayotga samarali va tezkor tatbiq qilish bo‘yicha gaplashib olindi.

Aqlli hisoblagichlarning joriy qilinishi tizimdagi shaffoflikni, samaradorlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga xizmat qiladi.