25.09.2025
Prezidentimizning 2024 yil 24 dekabrdagi PQ-454-son qaroriga asosan Nukus shahri “Ko‘k-o‘zek” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarni markazlashgan issiqlik tizimi bilan ta’minlash maqsadida zamonaviy qozonxona qurildi.
Ob’yekt qiymati 14 852,38 mln so‘mni tashkil etadi. Qozonxona 12 MVt quvvatga ega. Loyiha doirasida 3,5 km markaziy issiqlik tarmog‘i tortildi. Natijada, joriy mavsumdan boshlab 25 ta ko‘p qavatli uy va 2 ta ijtimoiy soha ob’yekti, jami 27 ta bino markazlashgan issiqlik bilan ta’minlanadi.
Qozonxona ishga tushirilgach, kuz-qish mavsumida o‘rtacha 1 293 kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi kutilmoqda.