24.09.2025
Kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik xususida
Issiqlik tizimini 2025/2026 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida 53 ta qozon va 93,3 km issiqlik tarmog‘ini mukammal, 598 ta qozon va 519,1 km issiqlik tarmog‘ini joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 36 ta (68 %) qozon va 86,4 km (93 %) issiqlik tarmog‘i mukammal hamda 593 ta (99 %) qozon va 516,4 km (99 %) issiqlik tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Shu bilan birga, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, issiqlik quvurlari, qozon va qozon yordamchi uskunalarida yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida zaxiralar ham yaratildi.