09.07.2025
Ayni daqiqalarda AOKAda joriy yilgi quz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Unda “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillariga maʼlumotlar bermoqda.
- Avvalo aytish kerakki, davlatimiz rahbarining joriy yil mart oyida imzolagan qarorlari asosida “Issiqliktaʼminoti” AJ tashkil qilindi.
Qaror bilan Jamiyat issiqlik taʼminotini muvofiqlashtiruv-chi sifatida faoliyat yurita boshladi. Aniq yondashuvlar asosida sohani rivojlantirish yo‘nalishlari belgilab beriladi, mamlakat issiqlik taʼminotining “yopiq tizim”ga o‘tishiga START berildi;
– tizimdagi energiya yo‘qotishlarni kamaytirish uchun 2025-2030yillarda 2,8 trln. so‘m mablag‘ hisobidan tarmoqlar modernizatsiya qilinadi hamda ko‘p kvartirali uylarga jami 8 861 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatiladi.