23.09.2025
Jizzax viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?
Viloyat “Issiqlikta’minoti” MCHJ tomonidan mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha 1,2 km markaziy quvurni yangisiga almashtirish va qozonxonalarda joriy ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
Hozirgacha 400 metr quvur almashtirilib, qozonxonalarda joriy ta’mirlash yumushlari yakunlangan.
Mavsumga ko‘rilayotgan hozirlik jarayonlarini “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ko‘zdan kechirib, kamchiliklarni bartaraf qilish, kuz-qishga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.