21.09.2025
Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Toshkent viloyatining Parkent tumani “Parkentsoy” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash loyihasini ham ko‘zdan kechirdi.
Aytish kerakki, ushbu massivda 6 MVt quvvatga ega qozonxona qurilyapti. 2 kilometr markaziy quvur torilishi rejalashtirilgan.
Umumiy isitish maydoni 27200 kvadrat metrga teng 17 ta ko‘p qavatli uy yoki 680 ta xonadonga markazlashgan issiqlik energiyasi beriladi.
Boshqaruv raisi ko‘zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, qurilishda sifatga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.