21.09.2025
“Issiqlikchilar” ish bilan band, chunki…
Bugun yakshanba bo‘lishiga qaramasdan “issiqlikchilar” ish bilan band, chunki salqin va qirovli kunlar yaqin.
“Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev joylardagi loyihalarning borishi hamda mavsumga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida bo‘lib turibdi.
Shahardagi “Yangi O‘zbekiston” massivini markazlashgan issiqlik bilan ta’minlash ishlari jadal ketmoqda.
Xususan, bu yerda jami quvvati 25 MVt bo‘lgan zamonaviy qozonxona qurildi. 3 ta zamonaviy qozon o‘rnatildi. Shuningdek, 6,3 km issiqlik quvuri tortilishi belgilangan bo‘lib, hozirda yakuniy montaj ishlari davom etmoqda.
Katta yo‘llardan magistral quvurlar olib o‘tilmoqda. Mazkur loyiha yakuni bilan massivdagi 40 dan ziyod ko‘p qavatli uy va ijtimoiy soha ob’yektlari sifatli issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda issiq kunlarning har soati g‘animat.