19.09.2025
Chirchiq shahar “Issiqlikta’minoti” MCHJ tasarrufida 13 ta qozonxona mavjud bo‘lib, tarmoq uzunligi 73,5 kmni tashkil etadi. 611 ta ko‘p qavatli uy va 37 ta ijtimoiy soha ob’yektiga xizmat ko‘rsatiladi.
Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlari doirasida 8 ta qozonxona, 14 km issiqlik tarmog‘ini joriy ta’mirlash rejaga kiritilgan.
Hozirgi kungacha 13,6 km issiqlik quvuri ta’mirlandi, 400 metr eski yer osti issiqlik quvurlari yangisiga almashtirilib havo orqali montaj qilinmoqda. 1,2 km issiqlik quvuri izolyasiya qoplamalari bilan o‘raldi, 9 ta har xil quvvatdagi suv isitish qozonida joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, 8 tasida ishlar yakunlandi, 1 ta PTVM rusumli qozonda ta’mirlash ishlari davom etmokda.
“Bolalar kasalxonasi” kozonxonasiga 1 ta 4 MVt qozon o‘rnatilyapti. Natijada, shifoxona, 1 ta bolalar bog‘chasi va 7 ta ko‘p qavatli uyning issiqlik ta’minoti yaxshilanadi.
Joriy ta’mirlash ishlari jamiyatning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.