Jamiyat haqida

Investitsiya

Xizmatlar

Aloqa

02.07.2025

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani "Chinobod" MFY hududida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida zamonaviy qozonxona qurilishi davom etmoqda.

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani "Chinobod" MFY hududida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivida zamonaviy qozonxona qurilishi davom etmoqda.

Bugun “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev mazkur qozonxonadagi jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yil mavsumda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan obyektning shartnoma summasi 11 mlrd 750 mln so‘mdan ortiqni tashkil qiladi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda qozonxona qurilishi jadal olib borilmoqda. Jami 10 MVt bo‘lgan 3 ta qozon o‘rnatilib, 2 km issiqlik tarmog‘ini qurish ishlari bajarib bo‘lingan.

Qurilish yakuniga yetgach, 14 ta ko‘p qavatli uyda yashovchi aholi va 2 ta ijtimoiy soha obyekti sifatli markazlashgan issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi.

Boshqaruv raisi obyektni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.