15.08.2025
Bugun “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Osiyo infratuzilma va investitsiyalar bankining Investitsiyalar bo‘yicha bosh menedjeri Jianshi Yao bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bugun “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Osiyo infratuzilma va investitsiyalar bankining Investitsiyalar bo‘yicha bosh menedjeri Jianshi Yao bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda, Osiyo infratuzilma va investitsiyalar banki bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega ekani, uni issiqlik taʼminoti yo‘nalishida kengaytirish tomonlarga birdek manfaatli bo‘lishi taʼkidlandi.
Shu bois, hududlarda issiqlik taʼminoti sifatini yaxshilashga qaratilgan yirik loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ayni paytda, moliyalashtirish manbalari hali aniqlanmagan, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 8 ta loyiha, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan 4 ta loyiha mavjud.
Janob Jianshi Yao samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Osiyo infratuzilma va investitsiyalar banki “Issiqliktaʼminoti” AJ bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanini bildirdi.