02.07.2025
Shahar bo‘lsa-yu, issiqlik tarmog‘i bo‘lmasa...
Albatta, bu ko‘pgina noqulayliklar degani. Sir emas, ayrim yirik shaharlarimizdagi baʼzi eski ko‘p qavatli uylarning issiqlik tizimi butunlay ishdan chiqib, tarmoqlar olib tashlangani ham haqiqat.
Bugungi kunda Prezidentimizning qaroriga asosan Samarqand shahridagi “Beruniy” qozonxonasi va issiqlik tarmog‘ini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari jadal davom etmoqda.
Shartnoma summasi 31 mlrd 862 mln so‘mga teng ushbu loyiha quvvati 18 MVt bo‘lgan 1 ta qozonxona hamda 7,3 km issiqlik tarmoqlari qurilishi va modernizatsiyasini o‘z ichiga oladi.
2025 yilda ishga tushirili kutilayotgan ushbu obyekt Samarqand shahridagi 32 ta ko‘p qavatli uy va 5 ta ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsata boshlaydi.
Bu - shahar ahlining ko‘p yillik umidlari ushalayotgani, orzulari amalga oshayotganidan dalolatdir