06.08.2025
Buxoroda Prezidentimizning joriy yil mart oyida qabul qilingan 100-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Energiya samaradorligini oshirish va atrof muhitni muhofaza qilish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashqil qilindi.

Uch kunga mo‘ljallangan seminar bugun o‘z ishini yakunladi va ishtirokchilarga sertifikatlar, tashkilotchilarga esa tashakkurnomalar topshirildi. Ushbu jarayonda “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev ham ishtirok etdi.
Boshqaruv raisi bu kabi amaliy mashg‘ulotlar tizim xodimlarining malakasini oshirib borish maqsadida doimiy o‘tkazilishini taʼkidladi.
Amaliy seminar ishtirokchilari, “Aholini issiqlik energiyasi bilan taʼminlash va monitoringini yuritib borish, Issiqlik taʼminoti tizimlarini ekspluatatsiya qilish, Ijro intizomi va mehnat muhofazasini taʼminlash, Chet el texnologiyalarini o‘rganish va joylarda tatbiq etish, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi” kabi mavzulardagi treninglarda qatnashdi.
“Buxoroenergomarkaz” AJdagi yangi va eski qozonxonalar faoliyati o‘rganilib taqqoslash imkoniyati mavjud bo‘ldi.