04.08.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qarorida “Issiqliktaʼminoti” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar xodimlarining sohaga oid bilim
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qarorida “Issiqliktaʼminoti” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar xodimlarining sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini boyitish, o‘zaro tajriba almashish hamda xodimlarning malakasini muntazam oshirib borish vazifasi belgilangan.
Ayni maqsadda, “Buxoroenergomarkaz” AJda Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari “Issiqlik taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining soha mutaxassislari ishtirokida “Energiya samaradorligini oshirish va atrof muhitni muhofaza qilish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar ish boshladi.
Uch kun davom etadigan muloqotlarda tizimga joriy qilinayotgan ilg‘or texnologiyalar xususida batafsil maʼlumotlar berilishi ko‘zda tutilgan.