01.08.2025
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mavjud issiqlik tizimlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 57 ta loyihani amalga oshirish uchun 560 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. (qurilish-montaj ishlari uchun 389 mlrd so‘m)
Mazkur loyihalar doirasida 64 ta qozon va 122 km issiqlik tarmoqlarida qurilish va modernizatsiya ishlarini yakunlash orqali 75 mingdan ortiq xonadondan iborat 2 500 ta ko‘p qavatli uy va 239 ta ijtimoiy soha obyekti issiqlik energiyasi bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar yillik rejaga nisbatan 64 km (53%) issiqlik tarmoqlarini tortish, 50 ta isitish qozonlarini (78%) o‘rnatish ishlari amalga oshirildi hamda 284 mlrd so‘m (73%) moliyalashtirilib, 287 mlrd so‘m (74%) o‘zlashtirildi.