26.07.2025
Bugun “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov Buxoro viloyatidagi bir qator issiqlik obyektlarining qurilishi bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, Jahon banki mablag‘lari hisobiga amalga oshayotgan loyihalar, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida foydalanishga topshiriladigan issiqlik qozonxonalari, Buxoro shahridagi “Sharq-2” qozonxonasidagi jarayonlarni bevosita ko‘zdan kechirdi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida - obyektlarda sifat va muddatga birlamchi eʼtibor qaratilishi kerakligi taʼkidlandi.
Ushbu qurilish ishlari yakuni bilan Buxoro viloyatidagi minglab xonadonlarda markazlashgan issiqlik taʼminoti yaxshilanadi yoki birinchi marta issiqlik energiyasi uylarga kirib boradi.
Tanishuv mobaynida ayrim kamchiliklar ham ko‘zga tashlandi. Ularni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar bildirilib, holatlar tanqidiy muhokama qilindi.