Yo‘nalishlar:
1. Korxona xodimlariga hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, maxsus ustamalar va xodimlar hujjatlarining me’yoriy talablari yuzasidan hisobot;
2. Tovar moddiy zaxiralari va asosiy vositalar harakati va ularning hisobdan chiqarilishi yuzasidan hisobot;
3. Isitish ta’minoti yuzasidan sarflangan mablag‘ va tekshirish dalolatnomasida aniqlangan ortiqcha xarajatlar yuzasidan auditorlik tekshuvini o‘tkazish va huquqiy baho berish.
Har bir xizmat turi narxi – 40,00 mln so‘m.
ASOSIY MAQSAD:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamentining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 2-27-iyun kunlari o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha tuzilgan yakuniy dalolatnomada ko‘rsatilgan ayrim holatlarga Toshkent viloyati “Issiqlik ta’minoti" MCHJ tomonidan e’tiroznoma kiritilganligi sababli, ushbu holatlarni maxsus savol bo‘yicha mustaqil auditorlik tekshuvi orqali aniqlashtirish.
TALABLAR:
• Auditorlik tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligining auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilgan bo‘lishi;
• Tegishli litsenziya va tajribaga ega bo‘lishi;
• Kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
• Mavzu bo‘yicha mustaqil hulosa bera oladigan professional jamoaga ega bo‘lishi.
• Tegishli tartibda maxsus auditorlik hisoboti yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar (talab qilinsa)da hisobotni himoya qilishi.
HUJJATLARNI TOPSHIRISH MUDDATI
Tanlovda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar 2025-yil 10-sentyabrgacha quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent viloyati Qibray tumani Maftunkor ko‘chasi 15-uy, Toshkent viloyati “Issiqlik ta’minoti" MCHJ Kadrlar bo‘limi.
Elektron pochta: issiklik@mail.ru Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon:
+998 97 455 36 83 (telegram ham bor)