Oxirgi e’lonlar
“Issiqlikta’minoti” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazoratchi yollash uchun tanlov e’lon qiladi!
Tanlovda ishtirok etish uchun 2025 yil 14 dekabrga qadar, Toshkent shaxar, Shayxontoxur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 40-uyda joylashgan “ Issiqlikta’minoti ” AJ pochta manziliga yoki elektron pochta E-mail: info@uzissiq.uz orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborilishi lozim: - rezyume; - pasport va diplom nus’halari; Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumot. – oxirgi o‘n yilning kamida besh yilida yuridik yoki buxgalteriya hisobi nazorati sohasida amaliy (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) ish staji to‘g‘risida ma’lumot (ob’ektivka); – korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens bo‘yicha maxsus ko‘nikmalarni bilish va qo‘llash qobiliyati, (qo‘llab-quvvatlanadi). korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazoratchi yollash tanlov asosida jamiyat Kuzatuv kengashi qarori bilan amalga oshiriladi. Murojaat uchun telefon: (90) 807-00-75, Ko‘rsatilgan muddatlardan keyin kiritilgan takliflar haqiqiy emas deb hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
📅 10.12.2025 12:19
“Issiqlikta’minoti” AJ ichki audit xizmatiga auditorini yollash uchun tanlov e’lon qiladi!
Tanlovda ishtirok etish uchun 2025 yil 14 dekabrga qadar, Toshkent shaxar, Shayxontoxur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 40-uyda joylashgan “ Issiqlikta’minoti ” AJ pochta manziliga yoki elektron pochta E-mail: info@uzissiq.uz orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborilishi lozim: - rezyume; - pasport va diplom nus’halari; - auditor va ichki auditor sertifikati nus’hasi; - xar yili malaka oshirish kursini o‘taganligi to‘g‘risida hujjatlar nusxalari. - tanlov xujjatlariga muvofiq taqdim etish uchun zarur bo‘lgan boshqa xujjatlar. Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumot. – oxirgi o‘n yilning kamida besh yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) ish staji to‘g‘risida ma’lumot (ob’ektivka); – auditorlik bo‘yicha maxsus ko‘nikmalarni bilish va qo‘llash qobiliyati, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini bilish (qo‘llab-quvvatlanadi). Ichki audit xizmati hodimlarini yollash tanlov asosida jamiyat Kuzatuv kengashi qarori bilan amalga oshiriladi. Murojaat uchun telefon: (90) 807-00-75, Ko‘rsatilgan muddatlardan keyin kiritilgan takliflar haqiqiy emas deb hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
📅 10.12.2025 12:16
Biz korrupsiyaga qarshimiz!
Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Issiqlikta’minoti” AJ faoliyatida noqonuniy holatlar va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz quyidagi telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz! ☎️ Telefon : +998 88 025 10 00 71 207-02-53 (1111) Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan. Biz korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshimiz!
📅 15.09.2025 15:25
Toshkent viloyati “Issiqlikta’minoti" MCHJ tomonidan o‘z faoliyatida tashqi auditorlik tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Yo‘nalishlar: 1. Korxona xodimlariga hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, maxsus ustamalar va xodimlar hujjatlarining me’yoriy talablari yuzasidan hisobot; 2. Tovar moddiy zaxiralari va asosiy vositalar harakati va ularning hisobdan chiqarilishi yuzasidan hisobot; 3. Isitish ta’minoti yuzasidan sarflangan mablag‘ va tekshirish dalolatnomasida aniqlangan ortiqcha xarajatlar yuzasidan auditorlik tekshuvini o‘tkazish va huquqiy baho berish. Har bir xizmat turi narxi – 40,00 mln so‘m. ASOSIY MAQSAD: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamentining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 2-27-iyun kunlari o‘tkazilgan tekshiruv yakunlari bo‘yicha tuzilgan yakuniy dalolatnomada ko‘rsatilgan ayrim holatlarga Toshkent viloyati “Issiqlik ta’minoti" MCHJ tomonidan e’tiroznoma kiritilganligi sababli, ushbu holatlarni maxsus savol bo‘yicha mustaqil auditorlik tekshuvi orqali aniqlashtirish. TALABLAR: • Auditorlik tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligining auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilgan bo‘lishi; • Tegishli litsenziya va tajribaga ega bo‘lishi; • Kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; • Mavzu bo‘yicha mustaqil hulosa bera oladigan professional jamoaga ega bo‘lishi. • Tegishli tartibda maxsus auditorlik hisoboti yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar (talab qilinsa)da hisobotni himoya qilishi. HUJJATLARNI TOPSHIRISH MUDDATI Tanlovda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar 2025-yil 10-sentyabrgacha quyidagi manzilga yuborilishi lozim: Toshkent viloyati Qibray tumani Maftunkor ko‘chasi 15-uy, Toshkent viloyati “Issiqlik ta’minoti" MCHJ Kadrlar bo‘limi. Elektron pochta: issiklik@mail.ru Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998 97 455 36 83 (telegram ham bor)
📅 05.09.2025 15:20